Sho‘rchi tumanining “Tamaddun” mahallasida yashovchi Muhabbat Eshbadalova ham ana shunday qo‘li gul, latofatli ayollardan biri. Opa gulchilik bilan shug‘ullanadi. Tomorqasidagi issiqxonada 14 turdagi gul ko‘chatlari bilan birga, bodring nihollarini parvarish qilmoqda.
-Gul ham so‘zlaydi. Sizga tabassum qiladi. Ularning ham joni bor. E’tibor bersangiz o‘z tilida shivirlaydi, -deydi Muhabbat Eshbadalova. -Gullarga mehru-e’tibor parvarish kerak. Ularni vaqtida o‘g‘itini, dorisini solish, vaqti-vaqti bilan sug‘orish kerak. Qatqaloq bo‘lib qolmasligi zarur. Shundagina ekilgan gullar va o‘simliklar baravj rivojlanadi. Gullar bilan suhbatlashish, e’tibor ko‘rsatish kerak. Inson mehnat qilsagina natijaga erishadi.
Albatta, tomorqasi borning xazinasi bor, xazina hisoblangan tomorqada qancha ko‘p mehnat qilsak, shuncha ko‘p daromadga ega bo‘lamiz.