Sho‘rchi tumanidagi “Omad baxsh Sho‘rchi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilgan un ishlab chiqarish korxonasida “Imona” brendi bilan un ishlab chiqarilmoqda.
Shu kunlarda Sho‘rchi tumanida bo‘lgan Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi xodimi Bahodir Jamolov mazkur korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ishbilarmon tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.
-Bir kunda 60 tonnigacha un ishlab chiqaramiz, - deydi Yunus Poyanov. – Avg‘onistonlik ishbilarmon G‘ulom Haydar bilan hamkorlikda sifatli va xaridorgir un mahsulotlarini ishlab chiqaryapmiz. Korxonamiz yiliga 20 ming tonnagacha un va un mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Korxonamizda doimiy 25 nafar xodim mehnat qilmoqda. Mavsumiy yana 22 nafar fuqarolarning bandligini ta’minlash imkoniyatiga egamiz.
Ishlab chiqarish xajmini oshirish va korxona faoliyatini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha zavod qurilmoqda. Bu yana yangi ish o‘rinini tashkil etish, yana qo‘shimcha un mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini beradi.