Sho'rchi tumani hokimligi rasmiy sayti

Kichik biznes subyektlarining rivojlanishi

O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi omillaridan biri kichik biznes subyektlarining rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Bu tarmoq bozor kon’yunkturasining o‘zgarishiga tez moslasha olishi, yangi ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratish orqali aholi bandligini ta’minlash, o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish bilan ajralib turadi.O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda kichik biznes subyektlariga yanada keng shart-sharoit  yaratish,  ularning  erkin  faoliyat  yuritishini  ta’minlash  hamda  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  va  liberallashtirishni chuqurlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar o‘z ifodasini topib, kichik biznes subyektlarining faolligini oshirishga va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan,  2022–2026-yillarga  mo‘ljallangan  Yangi  O‘zbekistonni  rivojlantirishning  “Taraqqiyot  strategi-yasi”ning 29-maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga oid quyidagilar belgilangan: tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, xususiy sektor yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga, eksportdagi ulushini esa 60 foizga yetkazish ko’zda tutilgan.

Kichik  biznes  subyektlari  faoliyatini  rivojlantirish  O‘zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  islo-hotlarning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlaridan  biridir.  Kichik  biznes  ko‘p  kapital  talab  qilmaydigan  iqtisodiy  faoliyat  sifatida,  kapital  tanqisligi  sharoitida  resurs  aylanmasining  yuqori  sur’atlarini  ta’minlaydi,  iqtisodiyotni  qayta qurish, iqtisodiy beqarorlik va cheklangan sharoitlarda iste’mol bozorini shakllantirish va resurslarni tez va  tejamkor  tarzda  to‘ldirish  muammosini  hal  qiladi.  Kichik  korxonalar  bozor  talabining  o‘zgarishiga  darhol  moslashadi va shu bilan iste’mol bozorida zarur muvozanatni ta’minlaydi.

 

M. Sattarov

Sho`rchi tuman statistika bo`limi boshlig`i                                  

Фойдали ҳаволалар